Hukumat qarori bilan 2022−2023 yilning kuz-qish davrida respublika bo‘ylab 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, sport obyektlari mukammal ta’mirlanadi. Shuningdek, qaror bilan 400 dan ortiq olis qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev global bozorlardagi narxlarning keskin tebranishini hisobga olib, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash lozimligini ta’kidladi. Hududlar rahbarlariga oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, tovarlarni eksportga yetkazishda logistika masalalarini tezkor hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
BMTning rasmiy vakili Ramiz Alakbarov Afg‘onistonning muhtoj aholi qatlamlarisha mo‘ljallangan oziq-ovqat zaxiralari shu oyda tugashi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda besh yoshdan kichik bolalarning yarmidan ko‘pi to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, aholining uchdan bir qismidan ortig‘i yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan. Ayni paytdagi mavjud talabni qondirish uchun oziq-ovqat sektorining o‘ziga kamida 200 million dollar mablag‘ zarurligi aytilmoqda.
Prezident videoselektorda go‘sht va o‘simlik yog‘ining narxlari 1 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga undashi kerakligini ta’kidladi. «Oziq-ovqatning uch oylik zaxirasi har bir hududda bo‘lishi shart», — dedi u. Qolaversa, hududlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari kamayishi ularning narxi oshishiga olib kelgani aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting